Doira — bu aylana bilan uning ichki qismidan iborat shakl. Ya’ni, aylana chegarasiga qo‘shimcha ravishda uning ichki qismi ham doiraga kiradi. |
||||||
Quyidagi jadvalda doiraning ko`rinishi va doiraga o`xshash shakl tasvirlangan. |
||||||
|
||||||
Doiraning markazi bu doiraning o'rtasidagi nuqta. |
||||||
Doiraning chegarasi bu doiraning tashqi chizig'i. |
||||||
Quyidagi rasmda doiraning markazi va chegarasini ko`rishingiz mumkin. |
||||||
|
||||||
Radius — bu aylananing yoki doiraning markazidan uning chegara nuqtasigacha bo‘lgan masofa. Barcha radiuslar uzunligi bir xil bo‘ladi. |
||||||
Diametr — bu aylananing yoki doiraning markazidan o‘tib, ikki tomoni chegara nuqtalariga yetadigan kesma. Diametr radiusning ikki barobariga teng. |
||||||
Quyidagi jadvalda doiraning radiusi va diametrini ko`rishingiz mumkin. |
||||||
|
||||||
Shar — bu hajmli shakl bo‘lib, hamma nuqtalari markazdan bir xil masofada joylashgan bo‘ladi. |
||||||
Shar shaklidagi narsalar juda ko‘p: |
||||||
|
||||||
Shar va doira bir-biriga o`xshab ketsa ham aslida ular turli shakllardir. |
||||||
Quyidagi jadvalda doira va sharni bir-biridan ajratib olishingiz mumkin. |
||||||
|
||||||
Bugun biz shar va doira shakllari bilan yaqindan tanishdek. Sizlar bilan birgalikda muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik. |
||||||
Endi sizlar sharlar va doiralar haqida bilasiz va ularni turli masalalarda qo‘llay olasiz. Bu sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi. |
||||||
"Olamning eng mukammal shakli – bu shar." Platon |