Ziyoly Premium - Individual ta’lim. Real natija.

Telegram orqali har kuni ota-onaga hisobot
Bola nima o‘rgandi, nechta mashq bajardi — barchasi nazoratingizda!
🎓 Ziyoly Premium —
bu zamonaviy, samarali va ishonchli ta’lim tizimi

Ota Onalar fikr va mulohazalari
O‘g‘lim Amin Yusupov 4-sinfda o‘qiydi. Ziyolydan 10 oydan beri foydalanadi. Hozirgacha 7-sinf matematikasini tugatdi. Har kuni mustaqil mashq qiladi, tushunmagan joylarini esa platformaning o‘zi tushuntirib beradi.
Qizim ilgari matematikani yoqtirmasdi. Hozir 3-sinfda o‘qiydi, lekin Ziyolyda allaqachon 5-sinf darajasini tugatdik. Eng quvonarlisi — har kuni o‘zi qiziqib mashq qiladi.
Biz avval diagnostika testini o‘tdik. O‘g‘lim 3-sinfda o‘qiydi, lekin platforma uning 2-sinf mavzularini bilmasligini ko‘rsatdi. Shu asosda mashqlar berdi. Farzandim hozir o‘sha zaif joylarini o‘zi ishlayapti, tushunmagan joylarini esa platforma soddalashtirib tushuntiryapti.
Menga yoqqan jihati — har bir bolaga o‘z darajasiga mos topshiriq beriladi. Bola tushunmaguncha mashqlar boshqa shaklda takrorlanadi. Bu juda samarali.
Qizim 2-sinfda o‘qiydi. Ilgari uy vazifalaridan yig‘lab o‘tirardi. Endi esa o‘zi mustaqil ishlaydi. Xato qilsa — platforma to‘g‘risini ko‘rsatib, sabr bilan tushuntirib beradi.
Ziyoly orqali o‘g‘lim o‘z ustida mustaqil ishlashga o‘rganmoqda. O‘zi reja tuzadi, vaqtini belgilaydi. Natijalarni esa men doim kuzatib boraman.
Qizim ilgari matematikani tushunmasdi. Ziyolydagi videodarslar unga juda yoqdi. Endi u masalalarni tushunib ishlayapti, hammasi oson va qiziqarli bo‘lyapti.
Menga yoqqan tomonlaridan biri — Ziyoly bolamni kuchli va zaif tomonlarini aniqlab beradi. So‘ng aynan o‘sha mavzularni mustahkamlash uchun maxsus mashqlar beradi.
Repititorga ko‘p pul to‘lab kelganmiz. Lekin Ziyoly bu muammoni arzon va samarali hal qildi. Farzandim nimani bilmayotganini aniqlab, to‘g‘rilab beryapti.
O‘g‘lim hozir Ziyolyda mantiqiy masalalarni o‘zi mustaqil yechadi. Menga eng yoqqan narsa — platforma uni o‘ylashga o‘rgatmoqda, yodlash emas.