Testbor

Naturalsonningxonabirliklari

Xona birliklari — bu sonning har bir raqami qaysi xonaga tegishli ekanligini bildiradi.

  • Har bir raqam o'zining joyiga qarab ma'noga ega bo'ladi:
    • Birliklar — eng oxirgi raqam.
    • O'nliklar — oxiridan ikkinchi raqam.
    • Yuzliklar — oxiridan uchinchi raqam.

Quyidagi rasmda berilgan sonning har bir raqami qaysi xonada turganligi va xona birliklarining nomi ko`rsatilgan.

 geogebra

Natural sonlar yozuvidagi raqamlar soniga qarab turlicha nomlanadi.

1. 1,2,3,...,8,9birxonali

2. 10,11,12,...,98,99ikkixonali

3. 100,101,102,...,998,999uchxonali

4. 1000,1001,1002,...,9998,9999to'rtxonali

Sonlarnisinflargaajratish

Sonlarni sinflarga ajratish — bu sonni mingliklar, millionlar va boshqa sinflarga bo'lish deganidir.

Quyida ba`zi sinflarning nomlari ko`rsatib o`tilgan:

  • Birliklar sinfi
  • Minglar sinfi 
  • Millionlar sinfi 

Sonni sinflarga ajratish uchun sonning o'ng tomonidan boshlab uchta raqamli guruhlarga ajratiladi.

Masalan247108000394 sonini sinflarga ajratamiz.

Ko'pxonalisonlarningo'qilishivayozilishi

Ko'p xonali sonlarni o'qishda har bir xona nomiga e'tibor berish kerak.

Qoida:

  • Sonni sinflarga ajrating.
  • Chapdan o`ngga qarab dastlab sinfdagi sonni, so`ng sinf nomini o`qing. Bu jarayon birlar sinfigacha davom etadi. 
  • Eng oxirgi birlar sinfi nomi o`qilmaydi.
  • Agar sinfning har uchala xonasida 0 turgan bo`lsa, bu sinf nomi ham o`qilmaydi.

Masalan34813260026 sonini sinflarga ajratib o'qiymiz.

geogebra

Endi har bir sinfdagi sonlarni so'z bilan yozamiz.

O'ttizto'rt milliard sakkizyuzo'nuch million ikkiyuzoltmish ming yigirmaolti

Endi esa siz bilan birgalikda mingliklari, yuzliklari, o`nliklari va birliklari soni berilgan sonlarni yozishni o`rganamiz.

To`rt xonali son ko'rinishida yozish quyidagicha bajariladi.

geogebra

Xonaqo'shiluvchilariyig'indisi

Xona qo'shiluvchilari yig'indisi — bu sonni uning xonalari bo'yicha qo'shiluvchilarga ajratish va ularni yig'indisi sifatida yozish.

Sonni xona qo'shiluvchilari yig'indisi ko'rinishida yozish uchun quyidagi ketma-ketliklarni bajarish kerak.

  • Sonning noldan boshqa har bir raqami ajratiladi.
  • Har bir raqamdan keyin nechta raqam bo‘lsa, shuncha nol qo‘shiladi.
  • Hosil bo‘lgan barcha qo‘shiluvchilar yig‘indi ko'rinishida yoziladi.

Masalan4786 sonini xona qo'shiluvchilari yig'indisi ko'rinishida yozamiz.

geogebra

Bugungi darsimizda biz sonlarni o‘qish va yozish mavzusini o‘rgandik. Siz bilan birgalikda sonlarning qanday tartibda o‘qilishi, ularning xona birliklari (birliklar, o‘nliklar, yuzliklar, mingliklar va boshqalar) qanday ishlatilishi haqida ko‘p narsani bilib oldik.

Endi siz quyidagilarni yaxshi bilasiz:

  • Sonlarni chapdan o‘ngga qarab o‘qish kerak.
  • Har bir xona nomiga e’tibor berib, sonni to‘g‘ri o‘qish va yozishni o‘rgandik.
  • Masalan, 2345 sonini ikkiminguchyuzqirqbesh deb o‘qishni bilasiz.

Bu bilimlar sizga hayotda, masalan maktabda yoki do‘konda hisob-kitob qilganda katta yordam beradi.