Testbor

EKUB — bu ikki yoki bir nechta sonning eng katta umumiy bo‘luvchisi.

Boshqacha qilib aytganda, EKUB — bu berilgan sonlarning hammasiga bo‘linadigan eng katta son.

Masalan:  va  ning EKUBini toping.

12 ning bo`luvchilari: 1,2,3,4,6,12

18 ning bo`luvchilari: 1,2,3,6,9,18

Umumiy bo`luvchilar: 1,2,3,6

Eng kattasi: 6

Javob: EKUB(12,18)=6.

Endi esa birgalikda EKUB topishning boshqa qulayroq usulini o`rganamiz.

Masalan24 va 36 sonlarining eng katta bo'luvchisini topamiz.

1-qadam: Sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratamiz.

2-qadam: Umumiy tub ko‘paytuvchilarning eng kichik darajasini olamiz va ularni ko‘paytiramiz.

1-qadam

2-qadam

geogebra

24=2·2·2·3

36=2·2·3·3

EKUB(24,36)=2·2·3=12

Demak, EKUB(24,36)=12.

O‘zaro tub sonlar — bu faqat ta umumiy bo‘luvchiga ega bo‘lgan sonlar.

Boshqacha qilib aytganda, o‘zaro tub sonlarning EKUBi har doim ga teng.

 Masalan4 va 33 sonlarining eng katta bo'luvchisini topamiz.
geogebra

Demak, 4 va 33 sonlari o`zaro tub sonlar hisoblanadi.

Agar uch yoki undan ortiq sonlar berilgan bo‘lsa, EKUBni quyidagi bosqichlar bilan topamiz:

1. Har bir sonni tub ko‘paytuvchilarga ajratamiz.

2. Umumiy tub ko‘paytuvchilarni tanlaymiz.

3. Umumiy tub ko‘paytuvchilarning eng kichik darajasini olamiz va ularni ko‘paytiramiz.

Masalan30,36va48 sonlarining eng katta bo'luvchisini topamiz.

1-qadam: Sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratamiz.

2-qadam: Umumiy tub ko‘paytuvchilarning eng kichik darajasini olamiz va ularni ko‘paytiramiz.

1-qadam

2-qadam

geogebra

EKUB(30,36,42)=2·3=6

Demak, EKUB(30,36,42)=6.

Bugun biz EKUB , o‘zaro tub sonlar va uch yoki undan ortiq sonlar uchun EKUB topish haqida o‘rganib chiqdik. Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik:

  • EKUB — bu berilgan sonlarning hammasiga bo‘linadigan eng katta son.
  • EKUBni tub ko‘paytuvchilarga ajratish orqali tezroq topish mumkin.
  • O‘zaro tub sonlar — faqat  ga umumiy bo‘luvchiga ega bo‘lgan sonlar.
  • Uch yoki undan ortiq sonlar uchun EKUBni topishda ham tub ko‘paytuvchilardan foydalanamiz.

Endi sizlar EKUBni osongina topa olasiz, o‘zaro tub sonlarni farqlay olasiz va uch yoki undan ortiq sonlar uchun EKUBni hisoblay olasiz. Bu bilimlar sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

Ikki sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini topish – ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashdir.

Evklid