Uzunliko'lchovbirliklari

Uzunlik – bu narsalarning qancha uzun yoki qisqa ekanini ko‘rsatadigan o‘lchovdir.

Uzunlikni o‘lchash uchun asosan millimetr(mm),santimetr(cm), detsimetr(dm) va metr(m) kabi birliklardan foydalanamiz.

Keling, o`lchov birliklarining har biriga alohida to`xtalib o`tamiz.

1. Millimetr eng kichik uzunlik o'lchovi birliklaridan biri. U qisqacha "mm" deb yoziladi.

Chizg`ichda qo`shni raqamlar orasidagi masofa 10 millimetrni  anglatadi.

geogebra

1. Santimetr uzunlik o'lchovi birliklaridan biri. U qisqacha "cm" deb yoziladi.

Chizg'ichda raqamlar orasidagi masofa 1 santimetrni anglatadi.

geogebra

2. Detsimetr uzunlik o'lchovi birliklaridan biri. U qisqacha "dm" deb yoziladi.

1 detsimetr - bu 10 santimetrga teng.

1dm=10cm
geogebra

3. Metr uzunlik o'lchovi birliklaridan biri. U qisqacha "m" deb yoziladi.

1) 1 metr - bu 100 santimetrga teng.

1m=100cm

2) 1 metr - bu 10 detsimetrga teng.

1m=10dm

geogebra

Quyidagi chizg`ichda 1metr, 1detsimetr va 1santimetr o`lchov birliklari tasvirlangan.

geogebra

Uzunlik o'lchov birliklari o'rtasida quyidagi bog'lanishlar mavjud.

  • 1detsimetr=10santimetr
  • 1metr=10detsimetr
  • 1metr=100santimetr

Barcha uzunlik o`lchov birliklari orasidagi munosabatni esa quyidagi rasmda ko`rishingiz mumkin.

geogebra

Og'irliko'lchovbirliklari

Og‘irlik — bu biror narsaning tortishi yoki vazni.

Biz og‘irlikni turli birliklar bilan o‘lchaymiz: gramm kilogramm sentner tonna .

Har bir og`irlik o`lchov birliklariga alohida to`xtalib o`tamiz.

Gramm(g) — bu kichik og‘irlik o`lchov birliklaridan biri. U juda yengil narsalarni o‘lchash uchun ishlatiladi.

Masalan: Bir konfetning og‘irligi taxminan 10-20 gramm bo‘lishi mumkin.

Kilogramm(kg)— bu kattaroq og‘irlik birliklaridan biri.

Masalan: Bir paket shakarning og‘irligi taxminan 1 kg bo‘ladi.

Kilogramm va gramm birliklari orasida quyidagicha bog'lanish mavjud.

1kilogramm=1000gramm 

Sentner(q) — bu katta og‘irlik birliklaridan biri.

Masalan: Bir qop unning og‘irligi taxminan 1 sentner bo‘lishi mumkin.

Tonna(t) — bu eng katta og‘irlik birliklaridan biri. 

Masalan: Yuk mashinasining og‘irligi taxminan 5 tonna bo‘lishi mumkin.

geogebra

Tonna va sentner birliklari orasida quyidagicha bog'lanish mavjud.

1tonna=10sentner

Massa o'lchov birliklari orasida quyidagicha bog'lanishlar mavjud.

1kg=1000g

1t=1000kg

1q=100kg

1t=10q

Barcha og`irlik o`lchov birliklari orasidagi munosabatni esa quyidagi rasmda ko`rishingiz mumkin.

geogebra

Vaqto'lchovbirliklari

Vaqt — bu biror narsaning davomiyligi yoki o‘tgan muddat.

Vaqtni o‘lchash — bu biror voqeaga ketgan vaqtni bilish demakdir.

Soat — bu vaqtni ko‘rsatadigan asbob. Soatni o‘qishni o‘rganish orqali siz har qanday vaqtni aniqlashingiz mumkin.

Soatning qismlari:

  • Katta strelka: Minutni ko‘rsatadi.
  • Kichik strelka: Soatni ko‘rsatadi.
geogebra

Vaqtni raqamlar bilan yozish uchun avval soat, keyin ikki nuqta, keyin minut yoziladi.

Soat:minut

Biz vaqtni turli birliklar bilan o‘lchaymiz: sekund , minut , soat , kun , hafta , oy , yil .

Keling, vaqt o`lchov birliklarining har biri bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

Sekund (s) – eng kichik vaqt o‘lchov birligi. Qo‘lingizni bir marta qarsak chalsangiz, taxminan 1 sekund o‘tadi.

Minut (min) – 1 minut ichida 60 sekund bor.

Soat (h) – 1 soatda 60 minut bor.

Ushbu birliklar orasida quyidagi munosabatlar o`rinli.

Vaqtning odatiy birliklari

1soat=60minut

1minut=60sekund

1soat=3600sekund

Bundan tashqari kattaroq vaqt o`lchovlari ham bor. Ular bilan ham tanishib chiqamiz.

Kun – 1 kunda 24 soat bor.

Hafta – 1 haftada 7 kun bor.

Oy – 1 oyda 30 yoki 31 kun (fevralda esa 28 yoki 29 kun) bor. 1 oy 4 ta to`liq haftadan iborat.

Ushbu vaqt birliklari orasida esa quyidagi munosabatlar o`rinli.

Vaqtning odatiy birliklari

1kun=24soat

1hafta=7kun

1oy=4tato'liqhafta

Endi esa sizlar bilan birgalikda eng katta vaqt birliklarini o`rganamiz.

Fasl – 1 fasl 3 oydan iborat.

Yil – 1 yilda 12 oy yoki 365 kun bor (kabisa yilida 366 kun). 1 yil 4 fasldan iborat.

Asr – 1 asr 100 yildan iborat.

Ushbu vaqt birliklari orasidagi munosabatni jadvalga yozamiz.

Vaqtning odatiy birliklari

1fasl=3oy

1yil=12oy

1yil=365kun

1yil=52tato'liqhafta

1asr=100yil

Barcha vaqt o`lchov birliklari orasidagi munosabatni esa quyidagi rasmda ko`rishingiz mumkin.

geogebra

Bu bilimlar sizga hayotda ko‘plab vaziyatlarda yordam beradi:

  • Do‘konda mahsulotlarning og‘irligini hisoblash.
  • Safar paytida masofani va vaqtni rejalashtirish.
  • Uy ishlarida suv, un, yog‘ va boshqa moddalarni o‘lchash.

Bugungi darsda sizlar:

  1. Turli o‘lchov birliklarini farqlashni o‘rgandingiz.
  2. Birliklar orasidagi munosabatlarni tushundingiz.
  3. Katta birliklarni kichik birliklarga va aksincha aylantira olasiz.

Endi sizlar o‘lchov birliklarini osongina farqlab, ularga oid masalalarni yecha olasiz. Bu bilimlar sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

O‘lchash mumkin bo‘lgan narsalarni o‘lchang, va o‘lchab bo‘lmaydigan narsalarni esa o‘lchash mumkin bo‘lishi uchun yo‘l izlang.

Galileo Galiley