Harakat — bu biror narsaning joydan-joyga siljishi.

Harakatni tushunish uchun biz quyidagi uchta asosiy tushunchani bilishimiz kerak:

  • Bosib o`tilgan yo`l
  • Vaqt
  • Tezlik

Bosib o'tilgan yo'l - bu harakatlanayotgan jismning bosib o`tgan masofa. Bosib o`tilgan masofani asosan S harfi bilan belgilaymiz.

Vaqt — bu harakat davom etgan vaqt. Vaqtni asosan t harfi bilan belgilaymiz.

Tezlik- bu vaqt birligi ichida bosib o`tilgan masofa. Tezlikni asosan V harfi bilan belgilaymiz.

Tezlik, vaqt va bosib o`tilgan masofalar o`rtasida quyidagi munosabatlar o`rinli:

1. Tezlikni topish uchun bosib o'tilgan yo'lni vaqtga bo'lamiz.

V=S:t

2. Bosib o'tilgan yo'lni topish uchun tezlikni vaqtga ko'paytiramiz.

S=V·t

3. Vaqtni topish uchun bosib o'tilgan yo'lni tezlikka bo'lamiz.

t=S:V

Bu mavzuni bilish orqali biz:

  • Sayohat rejalashtirishni o‘rganamiz.
  • Hayotda kundalik vazifalarni bajarishda vaqtni tejashni o‘rganamiz.
  • Matematik masalalarni tez va aniq yechishni o‘rganamiz.

Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik:

1. Harakat nima?
Biz harakat — bu biror narsaning joydan-joyga siljishi ekanligini tushunib oldik. Harakatni tushunish uchun tezlik , vaqt va masofa tushunchalarini bilishimiz kerakligini o‘rgandik.

2. Formulalar:

  • Masofani topish: 
  • Tezlikni topish: 
  • Vaqtni topish: 

Endi sizlar harakatga oid masalalarni tez va aniq yechishni bilasiz. Bu sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

"Har qanday harakat – maqsad sari intilish natijasidir."

Aristotel