Koordinata nuri — bu bir tomoni cheksiz davom etadigan to‘g‘ri chiziq bo‘lib, uning boshlang‘ich nuqtasi 0 dan boshlanadi. Nurning ustida sonlar joylashgan bo‘lib, ular musbat sonlar bilan belgilanadi.

 Masalan, quyida koordinata nuri tasvirlangan. Unda siz sonlarni, hisob boshi (0) va hisob yo`nalishini ko`rishingiz mumkin.

 geogebra

Endi esa sizlar bilan birlik kesmani o`rganamiz.

Birlik kesma - koordinata nuridagi bitta bo'lakni bildiradi.

geogebra

Birlik kesmaning uzunligi - birlik kesmaning oxirgi va boshlangich nuqtalarining ayirmasiga teng.

Koordinata burchagi — bu ikkita nurning kesishishidan hosil bo`lgan tekislik. Bu nurlar bir-biriga perpendikulyar bo‘lib, ularni gorizontal o‘q (x o‘qi) va vertikal o‘q (y o‘qi) deb ataymiz.

Masalan, quyidagi chizmada koordinata burchagida bola tasvirlangan.

geogebra

Koordinata burchagida har bir nuqta ikkita son bilan ifodalanadi. Birinchi son — bu gorizontal o‘qdagi joylashuv (x), ikkinchi son esa vertikal o‘qdagi joylashuv (y). x;y

Nuqtani yasash uchun avval (x) o‘qidagi qiymatni topamiz, so‘ng (y) o‘qidagi qiymatni topamiz.

geogebra

Bugun biz koordinata nuri , koordinata burchagi , va koordinata burchagida nuqtalar yasash haqida o‘rganib chiqdik. Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik:

  1. Koordinata nuri — bu sonlar bilan belgilangan nur bo‘lib, u musbat sonlar bilan ifodalanadi.
  2. Koordinata burchagi — bu ikki nur kesishgan joy bo‘lib, gorizontal nur x o‘qi, vertikal nur y o‘qi deb ataladi.
  3. Nuqtalarni yasash — bu koordinatalarni kesishgan joyda nuqtani belgilash orqali amalga oshiriladi.

Endi sizlar koordinatalarni tushunib, undan foydalana olasiz. Bu sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

"Menga uzunlik va kenglikni bering, men har qanday nuqtaning joylashuvini aniqlayman."

Rene Dekart