Testbor

To'g'ri burchakli parallelepiped - barcha yoqlari to'g'ri to'rtburchakdan iborat bo'lgan fazoviy geometrik shakl.

Masalan, quyidagi jadvalda to`g`ri burchakli parallelepiped va unga o`xshab ketadigan buyum tasvirlangan.

To'g'ri burchakli parallelepiped geogebra

Sirt yuzi — bu parallelepipedning barcha yuzlarining yuzlarini qo‘shish orqali topiladi.

To'g'ri burchakli parallelepipedning 6 ta yoqi bor va ularning barchasi to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'ladi.

geogebra geogebra geogebra

To'g'ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini topish uchun uning barcha yoqlari yuzalarining qo`shamiz.

S=2·b·c+2·a·c+2·a·b

Bu yerda:

  • — bo`yi,
  • — eni,
  • — balandligi.

Hajm — bu hajmli shakl ichidagi joyining miqdori.

To'g'ri burchakli parallelepipedning hajmi uning eni, bo'yi va balandligining ko'paytmasiga teng.

geogebra

V=a·b·c

Bu yerda:

  • — eni,
  • — bo`yi,
  • — balandligi.

Bugun biz to‘g‘ri burchakli parallelepipedning sirt yuzi hamda hajmi haqida o‘rganib chiqdik. Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik:

  1. Sirt yuzi — bu shaklning barcha yoqlarining yuzlarini qo‘shish orqali topiladi.
  2. Hajm — bu shaklning ichidagi joyning miqdori, uzunlik, en va balandlikni ko‘paytirish orqali topiladi.

Endi sizlar to‘g‘ri burchakli parallelepipedning sirt yuzi hamda hajmini osongina hisoblay olasiz. Bu sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

Butun dunyo matematik shakllar bilan ifodalanadi.

Rene Dekart