Testbor

Yuz - bu shakl tekislikda qancha joyni egallashini ko'rsatuvchi kattalik.

Masalan quyidagi shaklda nechta geogebrao'lchov borligini aniqlash uchun o'lchovlarni ajratib ko'rsatamiz.
geogebra

Yuzni o‘lchash uchun quyidagi birliklardan foydalaniladi:

  • Kvadrat santimetr (cm2)
  • Kvadrat detsimetr (dm2)
  • Kvadrat metr (m2)

Yuz o'lchov birliklari ustida amallarni ko'rib chiqamiz.

1. Agar yuz o'lchov birliklari bir xil bo'lsa, ularning qiymatlarini qo'shamiz yoki ayiramiz.

Qo'shish

Ayirish

25cm2+12cm2=37cm2

45cm2-27cm2=18cm2

4m2+7m2=11m2

23dm2-7dm2=17dm2

14dm2+27dm2=41dm2

35m2-12m2=23m2

2. Yuz o'lchov birliklarini songa ko`paytirish yoki bo`lishda o`lchov birliklari o`zgarishsiz qoladi.

Ko'paytirish

Bo'lish

12cm2·5=60cm2

12cm2:3=4cm2

5dm2·3=15dm2

15dm2:5=3dm2

11m2·3=33m2

20m2:4=5m2

Yuz o'lchov birliklari orasidagi o'zaro bog'lanish quyidagi ko'rinishda yoziladi.

Yuz o'lchov birligi

Tengligi

1m2

100dm2

1dm2

100cm2

Masalan, 3m2 ni dm2 da ifodalashni ko'rib chiqamiz.

Metr kvadratni detsimetr kvadratda ifodalash uchun 1m2=100dm2 tenglikdan foydalanamiz.

3m2=1m2+1m2+1m2

3m2=100dm2+100dm2+100dm2=300dm2

Yuqoridagi olchov birliklari orqali yuzasi katta maydonlarni o`lchash biroz qiyinchiliklarga sabab bo`ladi. Buning oldini olish uchun quyidagi katta yuz o`lchov birliklaridan foydalanamiz.

  • Sotix (ar)
  • Gektar (ha)
  • Kvadrat kilometr (km2)

Qisqacha taqqoslash:

  • 1ar — eng kichik, shaxsiy uchastkalar uchun mos.
  • 1ha — dehqonchilik yoki o‘rmon yerlari uchun.
  • 1km2 — butun hududlarni o‘lchash uchun qo‘llanadi.

Bu o`lchov birliklari orasida quyidagi munosabatlar o`rinli.

1ar=100m2

1ha=100ar

1km2=100ha

Yuz o`lchov birliklari orasidagi munosabatni quyidagi jadvalda ham ko`rishimiz mumkin.

geogebra

Bu mavzuni bilish orqali biz:

  • Hayotda kundalik foydalanadigan narsalarning yuzasini o‘lchashni o‘rganamiz.
  • Bog‘dorchilik, qurilish yoki uy ishlari uchun kerakli maydonni hisoblashni o‘rganamiz.
  • Matematik masalalarni tez va aniq yechishni o‘rganamiz.

"Yer yuzini o‘lchash va anglash – bu insoniyat taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biridir."

Abu Rayhon Beruniy