Diagramma — bu ma’lumotlarni chizmalar, shakllar yoki grafiklar orqali ifodalash usuli.

Diagrammalar bizga ma’lumotlarni tezda tahlil qilish va tushunishga yordam beradi.

Diagrammalar turli xil ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Biz bugungi darsda eng sodda va mashhur diagramma turlarini ko‘rib chiqamiz:

Ustunli diagramma — bu ma’lumotlarni vertikal (tik) ustunlar bilan tasvirlash usuli.

Har bir ustun biror son yoki miqdorni ifodalaydi. Ustun balandligi sonning qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.

Masalan, quyida sinf o`quvchilarining sevimli mevalari haqidagi ma`lumot ustunli diagramma yordamida tasvirlangan.

Diagrammadan ko`rish mumkinki, sinfdagi o`quvchilarning ko`pchiligi olmani sevib iste`mol qilishadi.

Chiziqli diagramma — bu ma’lumotlarni chiziqlar bilan tasvirlash usuli.

Har bir nuqta biror son yoki miqdorni ifodalaydi, va nuqtalar orasini to‘g‘ri chiziqlar bilan bog‘laymiz.

Masalan, quyida hafta davomida yeyilgan olmalar haqidagi ma`lumot chiziqli diagramma yordamida tasvirlangan.

Diagrammada ko`rish mumkinki, eng ko`p olma payshanba kuni, eng kam olma esa dushanba kuni yeyilgan.

Grafik ma'lumotlarning to'g'ri, siniq va egri chiziq shaklidagi tasviridir.

Grafik yordamida biz ma’lumotlarning o‘zgarishini yoki munosabatlarini ko‘rishimiz mumkin.

Masalan, quyida Layloning haftalik meva yig`imi haqidagi ma`lumot grafik yordamida berilgan.

Diagrammada ko`rish mumkinki, Laylo tomonidan eng ko`p meva juma kuni yig`ib olingan.

Venn diagrammasi — bu biror guruh yoki to‘plamlarni aylana yoki oval shaklidagi doiralarda tasvirlash usuli.

Bunda doiralarning kesishgan joyi umumiy elementlarni bildiradi.

MasalanAnvar va Bahromning yoqtiradigan mevalarini Venn diagrammasida tasvirlaymiz.

geogebra

Diagrammadan quyidagilarni aniqlash mumkin.

Anvar yoqtiradigan mevalar: olmanokbanan.

Bahrom yoqtiradigan mevalar: olmashaftoliqulupnay.

Anvar va Bahrom yoqtiradigan meva : olma.

Bugun biz ustunli diagramma , chiziqli diagramma , grafik  va Venn diagrammasi haqida o‘rganib chiqdik. Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik:

  1. Ustunli diagramma — bu ma’lumotlarni vertikal ustunlar bilan tasvirlash usuli.
  2. Chiziqli diagramma — bu ma’lumotlarni chiziqlar bilan tasvirlash usuli.
  3. Grafik — bu ma’lumotlarni o‘zgarishini yoki munosabatlarini ko‘rish uchun ishlatiladi.
  4. Venn diagrammasi — bu to‘plamlarni aylana shaklida tasvirlash va ulardagi umumiy elementlarni ko‘rsatish usuli.

Endi sizlar turli ma’lumotlarni diagrammalar va grafiklar orqali tasvirlashni bilasiz. Bu sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

"Venn diagrammalar nafaqat matematikada, balki hayotda ham moslik va farqlarni tushunishga yordam beradi."

John Venn