Testbor

Aralash kasr - bu butun son va kasr qismidan iborat bo'lgan son.

Masalan214 (ikki butun to'rtdan bir).

geogebra

Bu yerda:

  • 2 - butun son.
  • 14 - kasr qismi.
Noto'g'rikasrniaralashkasrgaaylantirish

Noto‘g‘ri kasr — bu surati maxrajidan katta bo‘lgan kasr. 

Bunday kasrni aralash kasrga o`tkazish uchun suratni maxrajga bo‘lamiz. Bo‘linma aralash kasrning butun qism bo‘ladi, qoldiq esa kasr qismning surati bo‘ladi.

Masalan114 ning butun qismini topamiz.

geogebra

Kasrning surati (11) ni uning maxraji (4) ga bo`lamiz.

114=11:4=2qoldiq3

114 kasrning butun qismi 2 ga teng.

Demak, 114 noto`g`ri kasrni aralash kasrga o`tkazsak, 234 ko`rinishda bo`lar ekan.

Aralashkasrninoto'g'rikasrgaaylantirish

Endi esa birgalikda aralash kasrni noto`g`ri kasrga aylantirishni ko`rib chiqamiz.

Aralash kasrni noto‘g‘ri kasrga aylantirish uchun butun qismni maxrajga ko‘paytirib, kasr qismning suratiga qo‘shamiz. Natija yangi surat bo‘ladi, maxraj o‘zgarishsiz qoladi.

Masalan413 aralash kasrni noto'g'ri kasrga aylantiramiz.

1. Aralash kasrning maxrajini uning butun qismiga ko'paytiramiz: 3·4=12

2. Ko'paytmaning qiymatiga aralash kasrning suratini qo'shamiz: 12+1=13

3. Hosil bo'lgan natijani kasrning suratiga yozamiz. Kasrning maxraji esa o'zgarishsiz qoladi. 133

Demak, 413 aralash kasrni noto'g'ri kasrga aylantirsak 133 ko`rinishda bo`lar ekan.

Aralashkasrlarniqo'shish

Aralash kasrlarni qo‘shish uchun avval butun qismlarni, so‘ng kasr qismlarni alohida qo‘shamiz.

Masalan114 va 124 aralash kasrlarni qo'shamiz.

Kasrlarning butun va kasr qismlarini alohida qo`shamiz.

geogebra

Demak, 114 va 124 aralash kasrlarni qo`shsak natija 234 ekan.

Aralashkasrlarniayirish

Aralash kasrlarni ayirish uchun avval butun qismlarni, so‘ng kasr qismlarni alohida ayiramiz.

Masalan245 va 125 kasrlarni ayiramiz.

Kasrlarning butun va kasr qismlarini alohida ayiramiz.

geogebra

Demak, 245 va 125 aralash kasrlarni ayirsak, natija 125 ekan.

Birdanayirish

Birdan kasrni ayirish uchun birni kasr shaklida ifodalaymiz va keyin ayiramiz.

Masalan1 dan 26 ni ayiramiz.

1 ni kasr ko`rinishida ifodalaymiz va bir xil maxrajli kasrlarni ayiramiz.

1=66

geogebra

Demak, 1 dan 26 ni ayirsak, natija 46 bo`lar ekan.

Butundanaralashkasrniayirish

Butundan aralash kasrni ayirish uchun butunni aralash kasrga aylantiramiz va keyin ayiramiz.

Masalan3 sonidan 114 aralash kasrni ayiramiz.

3 sonini aralash kasr ko`rinishida ifodalaymiz.

3=2+1=2+44=244

Endi esa aralash kasrlarni ayiramiz.

geogebra

Demak, 3 sonidan 114 sonini ayirsak, natija 134 ekan.

Aralashkasrlarnibirlikdano'tibayirish

Agar kamayuvchining kasr qismi ayriluvchining kasr qismidan kichik bo'lsa, kamayuvchining butun qismidan birni olib uning kasr qismiga qoshamiz. So`ng aralash kasrlarni ayiramiz.

Masalan314 va 134 aralash kasrlarni ayiramiz.

314 kasrning butunidan 1 ni uning kasr qismiga qo`shamiz.

314=2+1+14=2+4+14=254

geogebra

Demak, natija 124 ekan.

Bugun biz aralash kasrlar , noto‘g‘ri kasrdan butun qismni ajratish , aralash kasrni noto‘g‘ri kasrga aylantirish , aralash kasrlarni qo‘shish va ayirish , birdan ayirish , butundan aralash kasrlarni ayirish , hamda kasrlarni birlikdan o‘tib ayirish haqida o‘rganib chiqdik. Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik:

  1. Aralash kasr — bu butun qism va kasr qismlardan iborat son.
  2. Noto‘g‘ri kasrdan butun qismni ajratish — bu suratni maxrajga bo‘lish orqali amalga oshiriladi.
  3. Aralash kasrni noto‘g‘ri kasrga aylantirish — bu butun qismni maxrajga ko‘paytirib, kasr qismning suratiga qo‘shish orqali amalga oshiriladi.
  4. Aralash kasrlarni qo‘shish va ayirish — bu butun qismlarni va kasr qismlarni alohida qo‘shish yoki ayirish orqali amalga oshiriladi.
  5. Birdan ayirish — bu birlikni kasr shaklida ifodalab, keyin ayirish orqali amalga oshiriladi.

Endi sizlar aralash kasrlar bilan ishlashni bilasiz va ularni turli masalalarda qo‘llay olasiz. Bu sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

"Kasrlar – bu sonlarning chuqur ifodasi. Noto‘g‘ri kasrlarni butun qismga ajratish tafakkurni aniqlikka o‘rgatadi."

Karl Fridrix Gauss