Simmetriya — bu biror shaklning ikki yoki undan ortiq qismi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan holatdir. Ya’ni, agar shaklni teng ikkiga bo‘lsangiz, ikki tomoni ham bir-biriga aynan mos keladi.
|
Simmetriya o‘qi — bu shaklni teng ikkiga bo‘ladigan chiziq yoki yo‘nalish. Agar shaklni simmetriya o‘qiga nisbatan qaytarib qo‘ysangiz, ikki tomoni bir-biriga mos keladi. |
Quyidagi rasmlarda simmetriya o`qiga ega shakllar va simmetriya o`qi tasvirlangan. |
|
Quyidagi chizmadagi chiziq esa simmetriya o'qi emas. |
Simmetriya o‘qiga nisbatan shakllarni davom ettirish — bu bir tomondagi shaklni ko‘chirib, ikkinchi tomonga aynan shu shaklni takrorlash demakdir. Bunda ikki tomon ham bir-biriga simmetrik bo‘ladi. |
|
Keling, yarim yulduz shaklini berilgan to‘g‘ri chiziqqa nisbatan simmetrik ravishda ko‘chiramiz. |