Kattaliklar

Kattaliklar — bu biz narsalarni o‘lchash uchun ishlatadigan miqdorlar. Quyida ba`zi kattaliklarni ko`rib chiqamiz.

Uzunlik — bu biror narsaning necha qadar uzun yoki qisqa ekanligini bildiradi.

  • O‘lchov birligi: Santimetr ( cm ) yoki detsimetr ( dm ).

  • Chizg‘ich yoki o‘lchov lenti yordamida narsaning uzunligini o‘lchaymiz.

Massa — bu biror narsaning og‘ir yoki yengil ekanligini bildiradi.

  • O‘lchov birligi: Kilogramm (kg ) yoki gramm (g ).

  • Tarozidan foydalanib narsaning massasini o‘lchaymiz.

Hajm — bu biror narsaning ichiga necha qadar suyuqlik sig‘ishini yoki uning necha qadar joy egallashini bildiradi.

  • O‘lchov birligi: Litr (l ).

  • Banka, stakan yoki maxsus idishlar yordamida suyuqlik hajmini o‘lchaymiz.

Kattaliklar — bu bizning hayotimizda uchraydigan uzunlik, massa va hajm kabi muhim narsalar!

Kattaliklarningxossalari

Kattaliklarni taqqoslashda quyidagi belgilardan foydalanamiz.

>-katta

<-kichik

=-teng

Quyidagi misollarda o`lchov birliklarini taqqoslash ko`rsatilgan.

geogebra

geogebra
geogebra