Olmazor tumani hokimi olimpiadasi
Testbor Olimpiadasi
1. Olimpiada haqida umumiy ma'lumot
- Tashkilotchi: Olmazor tumani hokimi olimpiadasi
- Fan: Matematika.
- Ishtirokchilar: 2-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar.
- Bosqichlar soni: 2 bosqich.
- Ishtirok tili: Matematik masalalar o‘zbek yoki rus tilida taqdim etiladi. Ishtirokchilar istagan tilni tanlashi mumkin.
- O‘tkazilish sanalari:
- Ro‘yxatdan o‘tish: 30-noyabrdan boshlanadi.
- 1-bosqich (Saralash bosqichi): 3-yanvar.
- Har bir sinf uchun test topshirish vaqtlari o‘quvchi profilida ko‘rsatiladi va testbor.uz saytida e’lon qilinadi.
- 2-bosqich (Final): 11-yanvardan boshlanadi.
- Final joyi: Turin Politexnika Universiteti, Toshkent. (Final bosqichi o'tkaziladigan manzili)
2. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi
- Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 30-noyabrdan boshlanadi.
- Ro‘yxatdan o‘tish usullari:
- Testbor.uz sayti orqali
- Telegram bot (@testboruz_bot) orqali.
- Talab qilinadigan ma’lumotlar:
- Familiya va ism.
- Tug‘ilgan sana (yil, oy, kun).
- Imtihon topshiriladigan til (o‘zbek yoki rus).
- Ma'lumotlar aniqligi: Noto‘g‘ri ma’lumot kiritilgan bo‘lsa, ishtirokchi musobaqadan chetlashtiriladi.
3. Olimpiada bosqichlari va baholash tizimi
1-bosqich: Saralash bosqichi
- Format: Onlayn.
- Sana: 3-yanvar.
- Vaqt davomiyligi: 60 daqiqa.
- Topshiriqlar soni: 15 ta savol.
- Test vaqti haqida ma’lumot:
- Har bir sinf uchun test topshirish vaqtlari alohida belgilanadi va o‘quvchi profilida ko‘rsatiladi.
- Batafsil ma’lumotni testbor.uz saytidan olish mumkin.
- Baholash tizimi:
- 15 ta savol uchun maksimal 100 ball olish mumkin.
- Bir xil ball to‘plagan ishtirokchilar orasida vaqt natijasiga qarab o‘rinlar taqsimlanadi.
- Saralash sharti: Har bir sinfda eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan TOP 100 nafar o‘quvchi final bosqichiga o‘tadi.
2-bosqich: Final bosqichi
- Format: Offlayn.
- Sanalar: 11-yanvardan boshlanadi.
- Manzil: Turin Politexnika Universiteti, Toshkent.
- Vaqt davomiyligi: 60 daqiqa.
- Baholash tizimi:
- 15 ta savol uchun maksimal 100 ball olish mumkin.
- Bir xil ball to‘plagan ishtirokchilar orasida vaqt natijasiga qarab o‘rinlar taqsimlanadi.
- Ishtirokchilarni tasdiqlash:
- Finalga kelgan o‘quvchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma, pasport, ID-karta).
- Maktabdan tasdiq hujjati rasmi bilan.
4. Sovrin jamg‘armasi
Har bir sinf (2-11 sinflar) kesimida Final g‘oliblari uchun sovrinlar:
- 1-o‘rin: 1 000 000 so‘m.
- 2-o‘rin: 700 000 so‘m.
- 3-o‘rin: 500 000 so‘m.
Final ishtirokchilariga mukofotlar:
- Turin Politexnika Universiteti rektori tomonidan imzolangan sertifikat.
- Testbor.uz platformasidagi pullik darslarga 20% chegirma kuponi.
- 5000 Tcoin, Testbor.uz do‘konida foydalanish uchun virtual valyuta.
5. Apellyatsiya tartibi
- Apellyatsiya muddati: Natijalar e'lon qilingandan so'ng 1 soat ichida qabul qilinadi.
- Apellyatsiyani ko‘rib chiqish: Natijalar qayta tekshiriladi va shu kuning o'zida qaror qabul qilinadi.
6. Olimpiadadan chetlashtirish
- Saralash va finalda qoidabuzarlik:
- Bir nechta qurilmadan bir xil hisob orqali kirish.
- Tashqi yordam yoki qo‘shib yozilgan javoblar aniqlanishi.
- Hujjatlar to‘g‘ri taqdim etilmagan bo‘lsa.
- Shaxsiy ma'lumotlar noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa.
- Ishtirok etish vaqtini buzish.
Chetlashtirilgan ishtirokchilarning o‘rnini keyingi o‘rinlarda bo‘lgan o‘quvchilar to‘ldiradi.
7. Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil
- Sayt orqali: Testbor.uz
- Telegram bot orqali: @testboruz_bot
Qo‘shimcha ma'lumot uchun: @testbor_manager (Telegram)
Siz hali ro'yxatdan o'tmagansiz.
Ro'yxatdan o'ting va biz
konkurs boshlanganida sizni xabardor qilamiz!