Murakkab shakl — bu bir nechta oddiy shakllardan (uchburchak, to‘rtburchak va hokazo) tashkil topgan shakl. |
Masalan:
|
Perimetr — bu biror shaklning barcha tomonlarining uzunliklarini qo‘shib hisoblangan natija. Ya’ni, shaklni chizganingizda uning atrofini aylanib chiqqan masofa perimetr deyiladi. |
Murakkab shakllarda perimetrni hisoblash uchun biz shaklning barcha tomon uzunliklarini qo`shib chiqishimiz zarur. |
Masalan, quyidagi murakkab shaklning perimetrini topamiz. |
Murakkab shaklning perimetrini topish uchun uning barcha tomonlarini qo'shamiz. |
Demak, yuqoridagi murakkab shaklning perimetri ga teng ekan. |
Yuz — bu shaklning ichki qismi, ya’ni uning tekisligining kattaligi. |
Masalan, quyidagi shakl ichidagi barcha to'liq kataklar soni uning yuzini anglatadi. |
Demak, yuqoridagi shaklning yuzi ta katakdan iborat ekan. |
Murakkab shakllarning yuzini hisoblash uchun quyidagi amallarni bajarish zarur. |
Katakli qog'ozda berilgan ko'pburchakning yuzini hisoblash uchun Pik formulasidan foydalaniladi. |
''Pik formulasi'': |
ko'pburchak chegarasida yotgan tugun nuqtalar soni. |
ko'pburchak ichida yotgan tugun nuqtalar soni. |
|
|
Oxirida chiqqan natijamiz berilgan murakkab shaklning yuzini ifodalaydi. |
Masalan, quyidagi shaklning yuzini hisoblaymiz. |
1. Shaklni to'g'ri to'rtburchaklarga ajratamiz. |
2. Katta va kichik to'g'ri to'rtburchaklarning yuzalarini topamiz. |
Katta to'g'ri to'rtburchakning yuzi: |
Kichik to'g'ri to'rtburchakning yuzi: |
3. Endi, katta va kichik to'g'ri to'rtburchaklarning yuzalarini qo'shamiz. |
Demak, shaklning yuzi ga teng. |
Ba’zi shakllar to‘g‘ri to‘rtburchak emas, lekin ularga biror qism qo‘shib, ularni to‘g‘ri to‘rtburchakka aylantirish mumkin. |
Buning uchun biz shaklga kerakli qismlarni qo‘shamiz yoki yo‘q qismlarni tasavvur qilamiz. |
Shakllarni to‘g‘ri to‘rtburchakka to‘ldirish uchun quyidagi qadamlarni bajaramiz: |
1. Shaklni tekshiring: Burchaklari to‘g‘ri burchakmi yoki yo‘qmi? |
2. Yetishmayotgan qismni aniqlang: Agar shaklda to‘g‘ri to‘rtburchakka yetishmayotgan qism bo‘lsa, uni qayerga qo‘shish kerakligini aniqlang. |
3. Qo‘shimcha qismlarni chizing: Kerakli qismlarni chizib, shaklni to‘g‘ri to‘rtburchakka aylantiring. |
Shakllarni to'g'ri to'rtburchakkacha to'ldirish orqali ba`zi murakkab yoki nostandart bo`lgan shakllarni yuzini oson hisoblashimiz mumkin. |
Masalan, quyida berilgan shakldagi ko`k uchburchak yuzini hisoblashni ko`rib chiqaylik. |
|
1. Dastlab pushti kvadratning yuzini topamiz. |
|
Kvadratning tomini ta katakdan iborat. Demak, kvadratning yuzi katak. |
2. Keyin ko'k uchburchakni o'rab turgan ta pushti uchburchakning yuzini topamiz. |
|
. Yuqori chapdagi uchburchakning yuzi katak. |
. O'ngdagi uchburchakning yuzi katak. |
. Pastdagi uchburchakning yuzi katak. |
Agar kvadratdagi pushti uchburchaklarni kesib olsak, faqat ko'k uchburchak qoladi. |
katak |
Demak, ko'k uchburchakning yuzi katak. |
Bugun biz ko‘pburchak perimetri , murakkab shakl perimetri va murakkab shakl yuzasi haqida o‘rganib chiqdik. Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik: |
|
Endi sizlar ko‘pburchak perimetrini, murakkab shakl perimetrini va yuzasini osongina hisoblay olasiz. Bu sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi. |
Har qanday murakkablikni tushunish uchun uni sodda qismlarga ajratish kerak. Leonard Eyler |