Aylana

Aylana — bu biror nuqtadan baravar masofada joylashgan nuqtalarning yig‘indisidan hosil bo‘lgan egri chiziq.

Quyidagi jadvalda aylananing ko`rinishi va aylanaga o`xshash shakl tasvirlangan.

Aylana geogebra

Aylananing markazi-bu aylananing o'rtasidagi nuqta.

Aylananing chegarasi-bu aylananing tashqi chizig'i.

Quyidagi rasmda aylananing markazi va chegarasini ko`rishingiz mumkin.

geogebra

Radius — bu aylananing yoki doiraning markazidan uning chegara nuqtasigacha bo‘lgan masofa.

Barcha radiuslar uzunligi bir xil bo‘ladi.

Diametr — bu aylananing yoki doiraning markazidan o‘tib, ikki tomoni chegara nuqtalariga yetadigan kesma.

Quyidagi jadvalda aylananing radiusi va diametrini ko`rishingiz mumkin.

Aylana diametri geogebra
Aylana radiusi geogebra

Eslatma!!!

Aylananing diametri uning radiusidan 2 marta katta bo'ladi.

Aylana uzunligi (C) — bu aylananing perimetri yoki atrofi. Uni hisoblash uchun quyidagi formulalardan foydalanamiz:

geogebra

Bu yerda:

  • r- aylananing radiusi
  • d- aylananing diametri
  • C- aylananing uzunligi
  • π- matematik doimiy son. Qiymati taqriban 3,14... ga teng.

Doira

Doira — bu aylana bilan uning ichki qismidan iborat shakl. Ya’ni, aylana chegarasiga qo‘shimcha ravishda uning ichki qismi ham doiraga kiradi.

Quyidagi jadvalda doiraning ko`rinishi va doiraga o`xshash shakl tasvirlangan.

Doira geogebra  

Doiraning markazi - bu doiraning o'rtasidagi nuqta.

Doiraning chegarasi - bu doiraning tashqi chizig'i.

Quyidagi rasmda doiraning markazi va chegarasini ko`rishingiz mumkin.

geogebra

Quyidagi jadvalda esa doiraning radiusi va diametrini ko`rishingiz mumkin.

Doira diametri geogebra
Doira radiusi geogebra

Doira yuzi (S) — bu doiraning ichki qismidagi yuz o‘lchovi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:

geogebra

Bu yerda:

  • r- doiraning radiusi
  • S- doiraning yuzi
  • π- matematik doimiy son. Qiymati taqriban 3,14... ga teng.

Bugun biz radius , diametr , aylana uzunligi va doira yuzini topish haqida o‘rganib chiqdik. Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik:

  1. Radius — aylananing markazidan chegarasigacha bo‘lgan masofa.
  2. Diametr — radiusning ikki barobariga teng.
  3. Aylana uzunligi yoki   formula bilan hisoblanadi.
  4. Doira yuzi   formula bilan hisoblanadi.

Endi sizlar radius, diametr, aylana uzunligi va doira yuzini osongina hisoblay olasiz. Bu bilimlar sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

Tabiatda aylana va shar eng mukammal shakllardir, chunki ular simmetriyaga ega va har qanday yo‘nalishda ideal harakatlana oladi.

Leonardo da Vinchi