Tub son — bu faqat ikkita bo‘luvchiga ega bo‘lgan natural sondir:

  • o`zi va 1 soni

Boshqacha qilib aytganda, tub sonlar faqat 1 ga va o‘ziga qoldiqsiz bo‘linadi.

Masalan:

— tub son, chunki uni faqat va ga bo‘lish mumkin.

— tub son, chunki uni faqat va ga bo‘lish mumkin.

— tub son, chunki uni faqat va ga bo‘lish mumkin.

Eslatma!!!

Eng kichik va yagona juft tub son bu- 2.

Murakkab son — bu ikkitadan ko‘p bo‘luvchiga ega bo‘lgan natural sondir.

Boshqacha qilib aytganda, murakkab sonlarni 1 va o‘zlari bundan tashqari boshqa sonlarga ham bo‘lish mumkin.

Masalan:

— murakkab son, chunki uni , va ga bo‘lish mumkin.

— murakkab son, chunki uni , , va ga bo‘lish mumkin.

— murakkab son, chunki uni , va ga bo‘lish mumkin.

Eslatma!!!

1 soni tub ham emas, murakkab ham emas.

Quyidagi jadvalda 100 gacha bo`lgan tub sonlar sariq rangda, murakkab sonlar havorangda ajratib ko'rsatilgan.

Tub va murakkab sonlar jadvali

  2 3 4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27 28 29 30
31 32 33 34 35 36 37 38 39 40
41 42 43 44 45 46 47 48 49 50
51 52 53 54 55 56 57 58 59 60
61 62 63 64 65 66 67 68 69 70
71 72 73 74 75 76 77 78 79 80
81 82 83 84 85 86 87 88 89 90
91 92 93 94 95 96 97 98 99 100

Tub sonlar ham, murakkab sonlar ham cheksiz ko`p.

Bugun biz tub sonlar va murakkab sonlar haqida o‘rganib chiqdik. Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik:

  1. Tub sonlar — faqat 1 va o‘zlari bo‘luvchi bo‘lgan sonlar.
  2. Murakkab sonlar — 1 va o‘zlardan tashqari boshqa sonlarga ham bo‘linadigan sonlar.
  3. 1 soni — tub ham emas, murakkab ham emas.
  4. Murakkab sonlarni tub sonlar ko‘paytmasi sifatida ifodalash mumkin.

Endi sizlar tub va murakkab sonlarni farqlay olasiz va ularga oid masalalarni hal qila olasiz. Bu bilimlar sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

Matematika – fanlar malikasi, tub sonlar esa uning tojidagi qimmatbaho toshlardir.

Karl Fridrix Gauss