Hajm — bu biror narsaning ichki qismida joylashgan fazo miqdori yoki sig‘imi.

Biz hajmni turli birliklar bilan o‘lchaymiz: litrlar kub santimetr kub metr .

Keling, ularning har biri bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

Kub santimetr (cm3)— bu har tomoni 1 santimetr bo‘lgan kubning hajmi. U suyuqliklar va qattiq jismlarning hajmini o‘lchash uchun ishlatiladi.

Masalan: Bir kichik kubik shakar taxminan 1cm3 bo‘lishi mumkin.

Kub detsimetr (dm3)— bu kattaroq hajm o‘lchov birliklaridan biri. Kub detsimetrni dm3 ko`rinishida belgilashimiz mumkin.

Ba`zan dm3 o`rniga litr(l) ni ham ishlatishimiz mumkin.

Masalan: Bir shisha sharbat taxminan 1 litr bo‘lishi mumkin.

Kub metr (m3)— bu har tomoni 1 metr bo‘lgan kubning hajmi. U katta hajmdagi narsalarni o‘lchash uchun ishlatiladi.

Masalan: Bir xonaning hajmi taxminan 50m3 bo‘lishi mumkin.

Endi esa hajm o`lchov birliklari ustida amallarni ko`rib chiqamiz.

1. Agar hajm o`lchov birliklari bir xil bo'lsa, qo'shish va ayirish ammallari to'g'ridan-to'g'ri bajariladi. Bunda o`lchov birligi o`zgarmaydi.

Qo'shish

5l+9l=14l

Ayirish

24dm3-15dm3=9dm3

2. Hajm birliklarini songa ko'paytirish va bo'lishda birliklar o'zgarishsiz qoladi.

Ko'paytirish

12m3·3=36m3

Bo'lish

15cm3:5=3cm3

Hajm o'lchov birliklari orasida quyidagi bog'lanishlar mavjud.

Hajm o`lchov birliklari orasidagi munosabatlar

1dm3=1litr

1dm3=1000cm3

1m3=1000dm3

Bu mavzuni bilish orqali biz:

  • Hayotda kundalik foydalanadigan narsalarning hajmini o‘lchashni o‘rganamiz.
  • Suv, sharbat yoki boshqa suyuqliklarni o‘lchashda hajm birliklarini to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganamiz.

"Hajm va massa – bu jismlarning asosiy xususiyatlari bo‘lib, ular harakat va kuch bilan chambarchas bog‘liq."

Isaak Nyuton