Testbor

Natural sonlar — bu biz sanashda ishlatadigan sonlardir.

Natural sonlar orqali biz narsalarni sanaymiz. Masalan, kitoblar, o‘quvchilar, mevalar va hokazo.

Natural sonlar 1 dan boshlanadi va cheksiz davom etadi:

Natural sonlarning ba`zi xossalari:

  • Eng kichik natural son: 1
  • Eng katta natural son: Yo‘q, chunki natural sonlar cheksiz davom etadi.
  • 0 natural son emas: 0 soni natural sonlar ro‘yxatiga kirmaydi. Chunki u hech narsani bildirmaydi (hech narsa yo‘q degani).

Natural sonlar ketma-ketligi — bu sonlarning tartiblangan shakli.

Har bir keyingi son oldingisidan 1 taga ko‘proq bo‘ladi.

Natural sondan bitta keyingi sonni topishimiz uchun natural songa 1 ni qo'shamiz.

Masalan52 sonidan keyin 53 soni keladi.

geogebra

Natural sondan oldin keluvchi sonni topishimiz uchun natural sondan 1 ni ayiramiz.

Masalan34 sonidan oldin keluvchi son 33.

geogebra

Xona birliklari — bu sonning har bir raqami qaysi xonaga tegishli ekanligini bildiradi.

Har bir raqam o'zining joyiga qarab ma'noga ega bo'ladi:

  • Birliklar — eng oxirgi raqam.
  • O'nliklar — oxiridan ikkinchi raqam.
  • Yuzliklar — oxiridan uchinchi raqam.

Quyidagi rasmda berilgan sonning har bir raqami qaysi xonada turganligi va xona birliklarining nomi ko`rsatilgan.

 geogebra

Natural sonlar yozuvidagi raqamlar soniga qarab turlicha nomlanadi.

1. 1,2,3,...,8,9birxonali

2. 10,11,12,...,98,99ikkixonali

3. 100,101,102,...,998,999uchxonali

4. 1000,1001,1002,...,9998,9999to'rtxonali

Sonlarni sinflarga ajratish — bu sonni mingliklar, millionlar va boshqa sinflarga bo'lish deganidir.

Quyida ba`zi sinflarning nomlari ko`rsatib o`tilgan:

  • Birliklar sinfi
  • Minglar sinfi 
  • Millionlar sinfi 

Sonni sinflarga ajratish uchun sonning o'ng tomonidan boshlab uchta raqamli guruhlarga ajratiladi.

Masalan247108000394 sonini sinflarga ajratamiz.

Ko'pxonalisonlarningo'qilishivayozilishi

Ko'p xonali sonlarni o'qishda har bir xona nomiga e'tibor berish kerak.

Qoida:

  • Sonni sinflarga ajrating.
  • Chapdan o`ngga qarab dastlab sinfdagi sonni, so`ng sinf nomini o`qing. Bu jarayon birlar sinfigacha davom etadi. 
  • Eng oxirgi birlar sinfi nomi o`qilmaydi.
  • Agar sinfning har uchala xonasida 0 turgan bo`lsa, bu sinf nomi ham o`qilmaydi.

Masalan34813260026 sonini sinflarga ajratib o'qiymiz.

geogebra

Endi har bir sinfdagi sonlarni so'z bilan yozamiz.

O'ttizto'rt milliard sakkizyuzo'nuch million ikkiyuzoltmish ming yigirmaolti

Endi esa siz bilan birgalikda mingliklari, yuzliklari, o`nliklari va birliklari soni berilgan sonlarni yozishni o`rganamiz.

To`rt xonali son ko'rinishida yozish quyidagicha bajariladi.

geogebra

Bugungi darsimizda biz natural sonlarni o‘qish va yozish mavzusini o‘rgandik. Siz bilan birgalikda sonlarning qanday tartibda o‘qilishi, ularning xona birliklari (birliklar, o‘nliklar, yuzliklar, mingliklar va boshqalar) qanday ishlatilishi haqida ko‘p narsani bilib oldik.

Endi siz quyidagilarni yaxshi bilasiz:

  • Sonlarni chapdan o‘ngga qarab o‘qish kerak.
  • Har bir xona nomiga e’tibor berib, sonni to‘g‘ri o‘qish va yozishni o‘rgandik.
  • Masalan, 2345 sonini ikkiminguchyuzqirqbesh deb o‘qishni bilasiz.

Bu bilimlar sizga hayotda, masalan maktabda yoki do‘konda hisob-kitob qilganda katta yordam beradi.

"Agar siz natural sonlarni tushunsangiz, demak, siz matematikani tushunishga ilk qadam qo‘ydingiz."

Pifagor