Burchak — bu bir nuqtadan chiquvchi ikki nurdan iborat shakldir.

geogebra

1. Burchakning belgilanishi BAC yoki CAB

2. Burchakning uchi -A

3. Burchakning tomonlari - ABvaAC

Berilgan ikki burchakni taqqoslash uchun ularni uchlari va bittadan tomonlari ustma-ust tushadigan qilib joylashtiramiz.

Ikkita burchakni taqqoslaganimizda tashqarida hosil bo'lgan burchak katta burchak bo'ladi, ichkarida hosil bo'lgan burchak kichik burchak bo'ladi.

Masalan, quyidagi burchaklarni birgalikda taqqoslaylik.

geogebra

 Burchaklarni ularning uchi va bittadan tomoni ustma-ust qiladigan qilib joylashtiramiz.

geogebra

Endi esa katta va kichik burchaklarni aniqlaymiz.

geogebra geogebra

Burchakni o‘lchash uchun maxsus asbob — transportir ishlatiladi.

Transportir — bu doira shaklidagi vosita bo‘lib, u burchaklarni graduslarda o‘lchash uchun ishlatiladi.

Transportirda  dan  gacha graduslar belgilangan.

Quyidagi rasmda siz transportirni ko`rishingiz mumkin.

geogebra

Burchakni transportir yordamida quyidagi qoidaga amal qilgan holatda o`lchaymiz.

Qoida:

  • Transportirni burchakning uchiga joylashtiramiz.
  • Birinchi nur transportirning  belgisiga mos keladigan qilib joylashtiramiz.
  • Ikkinchi nur qaysi gradusga tushsa, shu son burchakning gradus o‘lchovi bo‘ladi.

Masalan, quyidagi burchakni transporter yordamida o`lchab ko`rishimiz mumkin.

geogebra

Transportirni burchakning uchiga joylashtiramiz. Bunda burchakning bir nuri transportirdagi 0° belgisiga mos kelishi kerak.

geogebra

Ko`rib turganingizdek, ikkinchi nur 70° ga mos kelmoqda.

Demak, berilgan burchakning gradus o`lchovi 70° ekan.

Burchaklar o‘zlarining kattaligiga qarab turlicha bo‘ladi. Keling, ularni yaqinroqdan o`rganib chiqamiz:

1. To‘g‘ri burchak:

  • To‘g‘ri burchak — bu ikki tomoni bir-biriga perpendikulyar bo‘lgan burchak.
  • Uning kattaligi 90° ga teng.
To'g'ri burchak

2. O‘tkir burchak:

  • O‘tkir burchak — bu to‘g‘ri burchakdan kichik bo‘lgan burchak.
  • Uning kattaligi 90° dan kichik bo‘ladi.
O'tkir burchak

3. O‘tmas burchak:

  • O‘tmas burchak — bu to‘g‘ri burchakdan katta bo‘lgan burchak.
  • Uning kattaligi 90° dan katta, lekin 180° dan kichik bo‘ladi.
O'tmas burchak geogebra

4. Yoyiq burchak:

  • Yoyiq burchak — bu gradus o`lchovi 180° ga teng bo‘lgan burchak.
Yoyiq burchak geogebra

Berilgan burchakning turini aniqlash uchun asosan to`g`ri burchakli chizg`ichdan foydalanamiz.

Agar burchak to'g'ri burchakli chizg'ichdan kichik bo'lsa, o'tkir burchak bo'ladi.

Masalan, quyidagi burchak o`tkir burchakli burchakdir.

geogebra

Agar burchak to'g'ri burchakli chizg'ichga teng bo'lsa, to'g'ri burchak bo'ladi.

Masalan, quyida burchak to`g`ri burchakli burchakdir.

geogebra

Agar burchak to'g'ri burchakli chizg'ichdan katta bo'lsa, o'tmas burchak bo'ladi.

Masalan, quyidagi burchak o`tmas burchakdir.

geogebra

MasalanIkki to'g'ri chiziq kesishganda 4 ta burchak hosil bo'ladi. Bu burchaklarning ichidan yonma-yon joylashgan burchaklar qo'shni burchaklar bo`ladi.

Keling, birgalikda 1 raqamli burchakka qo`shni burchaklarni aniqlaymiz.

geogebra

1 burchakka yonma-yon burchaklarni aniqlaymiz.

2va4 burchaklar 1 burchak bilan yonma-yon joylashganligi uchun ular qo`shni burchaklardir.

Demak, quyidagi burchaklar qo`shni burchaklardir:

  • 2va1
  • 1va4

Vertikal burchaklar — bu ikki chiziq kesishganda hosil bo‘ladigan va bir-biriga qarama-qarshi joylashgan burchaklar.

Vertikal burchaklar o‘zaro teng bo‘ladi.

Ikki to'g'ri chiziq kesishganda 4 ta burchak hosil bo'ladi. Demak, bu burchaklardan qarama-qarshi joylashganlari vertikal burchaklar bo`lar ekan.

Keling, birgalikda quyidagi rasmda berilgan burchaklardan vertikallarini aniqlaymiz.

geogebra

Vertikal burchaklar:

  • 1va3
  • 2va4

Bugun biz burchak turlari , burchak turini aniqlash , qo‘shni burchaklar va vertikal burchaklar haqida o‘rganib chiqdik. Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik:

  1. Burchak — bu ikki nur bir nuqtadan boshlanib hosil qilgan shakl.
  2. Burchaklar to‘g‘ri , o‘tkir , o‘tmas , va yoyiq turlarga bo‘linadi.
  3. Qo‘shni burchaklar — bu umumiy tomoni bo‘lgan va birgalikda 180° hosil qiladigan burchaklar.
  4. Vertikal burchaklar — bu bir-biriga qarama-qarshi joylashgan va o‘zaro teng bo‘lgan burchaklar.

Endi sizlar burchaklarni tushunib, ulardan foydalana olasiz. Bu sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

Har qanday burchakda sir bor. Uni tushunish – tabiatni tushunish demakdir.

Leonardo da Vinchi