Nostandart shakllar — bu muntazam bo‘lmagan, turli xil tomonlari va burchaklari bo‘lgan geometrik shakllar. |
Masalan:
|
Perimetr — bu biror shaklning barcha tomonlarining uzunliklarini qo‘shib hisoblangan natija. Ya’ni, shaklni chizganingizda uning atrofini aylanib chiqqan masofa perimetr deyiladi. |
Nostandart shakllarda perimetrni hisoblash uchun biz shaklning barcha tomon uzunliklarini qo`shib chiqishimiz zarur. |
Masalan, quyidagi nostandart shaklning perimetrini topamiz. |
Nostandart shaklning perimetrini topish uchun uning barcha tomonlarini qo'shamiz. |
Demak, yuqoridagi nostandart shaklning perimetri ga teng ekan. |
Yuz — bu shaklning ichki qismi, ya’ni uning tekisligining kattaligi. |
Nostandart shakllarning yuzini hisoblash uchun quyidagi amallarni bajarish zarur. |
|
Oxirida chiqqan natijamiz berilgan nostandart shaklning yuzini ifodalaydi. |
Masalan, quyidagi shaklning yuzini hisoblaymiz. |
1. Shaklni to'g'ri to'rtburchaklarga ajratamiz. |
2. Katta va kichik to'g'ri to'rtburchaklarning yuzalarini topamiz. |
Katta to'g'ri to'rtburchakning yuzi: |
Kichik to'g'ri to'rtburchakning yuzi: |
3. Endi, katta va kichik to'g'ri to'rtburchaklarning yuzalarini qo'shamiz. |
Demak, shaklning yuzi ga teng. |
Paletka — bu shaffof plastikdan yasalgan, ustida kvadratchalar chizilgan asbob. U yordamida nostandart shakllarning yuzini osonroq hisoblash mumkin. |
Qoida: |
|
Shakl ichida to`liq joylashgan kvadratchalarning soni berilgan shaklning yuzini ifodalaydi. |
Shaklning yuzini hisoblash davomida ba`zi tushunchalarni bilishimiz zarur. Misol uchun kvadrat santimetr tushunchasi. |
Kvadrat santimetr - bu tomoni bo'lgan bo'lgan kvadrat, uning yuzi ga teng bo'ladi. |
Endi esa paletka yordamida quyidagi shaklning yuzini hisoblaylik. |
Birlik kvadratlar soni ta bo'lganligi uchun uning yuzi ga teng bo'ladi. |
Ba’zi shakllar to‘g‘ri to‘rtburchak emas, lekin ularga biror qism qo‘shib, ularni to‘g‘ri to‘rtburchakka aylantirish mumkin. |
Buning uchun biz shaklga kerakli qismlarni qo‘shamiz yoki yo‘q qismlarni tasavvur qilamiz. |
Shakllarni to‘g‘ri to‘rtburchakka to‘ldirish uchun quyidagi qadamlarni bajaramiz: |
1. Shaklni tekshiring: Burchaklari to‘g‘ri burchakmi yoki yo‘qmi? |
2. Yetishmayotgan qismni aniqlang: Agar shaklda to‘g‘ri to‘rtburchakka yetishmayotgan qism bo‘lsa, uni qayerga qo‘shish kerakligini aniqlang. |
3. Qo‘shimcha qismlarni chizing: Kerakli qismlarni chizib, shaklni to‘g‘ri to‘rtburchakka aylantiring. |
Shakllarni to'g'ri to'rtburchakkacha to'ldirish orqali ba`zi murakkab yoki nostandart bo`lgan shakllarni yuzini oson hisoblashimiz mumkin. |
Masalan, quyida berilgan shakldagi ko`k uchburchak yuzini hisoblashni ko`rib chiqaylik. |
|
1. Dastlab pushti kvadratning yuzini topamiz. |
|
Kvadratning tomini ta katakdan iborat. Demak, kvadratning yuzi katak. |
2. Keyin ko'k uchburchakni o'rab turgan ta pushti uchburchakning yuzini topamiz. |
|
. Yuqori chapdagi uchburchakning yuzi katak. |
. O'ngdagi uchburchakning yuzi katak. |
. Pastdagi uchburchakning yuzi katak. |
Agar kvadratdagi pushti uchburchaklarni kesib olsak, faqat ko'k uchburchak qoladi. |
katak |
Demak, ko'k uchburchakning yuzi katak. |
Har qanday murakkablikni tushunish uchun uni sodda qismlarga ajratish kerak. Leonard Eyler |