To‘g‘ri to‘rtburchak — bu to‘rtta tomoni va to‘rtta burchagi bo‘lgan geometrik shakl.

To`g`ri to`rtburchakning quyidagi xossalari mavjud.

  • Barcha burchaklari 90° (to‘g‘ri burchak) bo‘ladi.
  • Qarama-qarshi tomonlari bir-biriga teng va parallel joylashgan.

Quyidagi jadvalda to`g`ri to`rtburchak va unga o`xshash buyum tasvirlangan.

To'g'ri to'rtburchak geogebra

Perimetr — bu biror shaklning barcha tomonlarining uzunliklarini qo‘shib hisoblangan natija. Ya’ni, shaklni chizganingizda uning atrofini aylanib chiqqan masofa perimetr deyiladi.

To'g'ri to'rtburchakning perimetri - uning barcha tomonlari yig'indisiga teng.

Masalan, to'g'ri to'rtburchak shaklidagi daftarning perimetrini topamiz.

geogebra

Daftarning barcha tomonlari yig'indisini topamiz.

5+6+5+6=22

Demak, daftarning perimetri 22 ga teng.

Yuz — bu shaklning ichki qismi, ya’ni uning tekisligining kattaligi.

To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz: S=a·b

Bu yerda:

  •  — to‘g‘ri to‘rtburchakning bo`yi
  •  — to‘g‘ri to‘rtburchakning eni
  • S—to`g`ri to`rtburchakning yuzi

geogebra

Bu mavzuni bilish orqali biz:

  • Hayotda atrofimizdagi narsalarning o‘lchamlarini osonroq hisoblaymiz.
  • Matematik masalalarni tez va aniq yechishni o‘rganamiz.
  • Geometrik shakllarni yaxshiroq tushunamiz.

"Har qanday mukammal muhandislik tuzilishi to‘g‘ri to‘rtburchaklarning uyg‘unligidan tashkil topadi."

Isaak Nyuton